Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Edegor Braziliyani mag‘lub etgan Norvegiyaning navbatdagi rejasi haqida gapirdi

Edegor Braziliyani mag‘lub etgan Norvegiyaning navbatdagi rejasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Martin Edegor JCH-2026 chorak finali doirasida Angliya terma jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Aniqki, biz ularning qanday sifatlarga ega ekanini bilamiz. Men ularni juda yaxshi bilaman. Ajoyib o‘yinchilar, jahon darajasidagi futbolchilar, ehtimol, hozirgi paytda dunyodagi eng yaxshi milliy jamoalardan birida to‘p tepishmoqda. Shu sababli bu biz uchun katta sinov bo‘ladi.

Ammo menimcha, Braziliya ham shunday edi. Biz autsayder edik va ko‘rganingizdek, futbolda har narsa sodir bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ha, biz yaxshi harakat qilib ko‘ramiz va nimaga qodir ekanimizni tekshiramiz, bu o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz.

To‘g‘ri, ko‘pchiligimiz Angliyada o‘ynaymiz, shuning uchun ularni yetarlicha yaxshi bilamiz. Shubhasiz, ligada ushbu raqiblarning ko‘pchiligiga qarshi o‘ynaganmiz, ularni taniymiz, lekin gap butun jamoa haqida ketmoqda.

Biz tayyor bo‘lishimiz, doimgidek raqibni tahlil qilishimiz va o‘z kuchimizga ishonishimiz kerak.

O‘ylaymanki, biz butun dunyoga yaxshi jamoa ekanimizni ko‘rsatdik. Aytganimdek, futbolda hamma narsa mumkin. Garchi biz yana autsayder bo‘lsak-da, nima bo‘lishini kuzatamiz. Keling, yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz va o‘yinimizdan hamda shu damlardan birgalikda zavq olishda davom etamiz, ko‘ramiz nima bo‘larkin», — deya 27 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi PA.

Norvegiya — Angliya uchrashuvi 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:34, 09.07.2026.
O'qildi: 633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик