Kirish Ro'yxatdan o'tish

Marokash terma jamoasi Fransiyaga qarshi o‘yinda asosiy hujumchisisiz qoldi

Marokash terma jamoasi Fransiyaga qarshi o‘yinda asosiy hujumchisisiz qoldi

Baho:
+ | -

Marokash terma jamoasi hujumchisi Ismoil Saybari 2026 yilgi Jahon chempionati chorak finali doirasida Fransiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Bu haqda milliy terma jamoa bosh murabbiyi Muhammad Uahbi ma’lum qildi.

25 yoshli hujumchi Kanada terma jamoasiga qarshi kechgan 1/8 final uchrashuvining 22-daqiqasida noqulaylik sababli zaxiraga olingan edi. U so‘nggi kunlarda son mushagidagi jarohat darajasini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va tahlillar topshirdi.

«Saybaridan tashqari barcha o‘yinchilar safda, uning uchun bu o‘yin biroz ertalik qiladi. U turnir yakunigacha safga qaytishiga umid qilaman. Barcha futbolchilar tayyor, albatta, biz faqat 100 foiz tayyor bo‘lganlarni tanlab olamiz», — dedi Uahbi matbuot anjumanida.

Saybari JCH-2026 doirasidagi beshta o‘yinda uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Fransiya — Marokash o‘yini 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:37, 09.07.2026.
O'qildi: 1460 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик