Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

FIFA: Jastin Biber JCH-2026 finalining tanaffus qismida chiqish qiladi

FIFA: Jastin Biber JCH-2026 finalining tanaffus qismida chiqish qiladi

Baho:
+ | -

Kanadalik xonanda Jastin Biber 2026 yilgi Jahon chempionati final uchrashuvining tanaffus qismida tashkil etiladigan shou ishtirokchilaridan biriga aylanadi, deb xabar bermoqda FIFA matbuot xizmati.

Final tanaffusidagi shou FIFAning global ta’lim jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi. Ushbu tashabbus doirasida butun dunyo bo‘ylab bolalarning ta’lim va futbolga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirish uchun 100 million dollar mablag‘ to‘plash ko‘zda tutilgan. Jahon chempionati o‘yinlariga sotilgan har bir chiptadan bir dollar ushbu jamg‘armaga o‘tkaziladi. Hozirgi kunga qadar 50 million dollardan ortiq mablag‘ to‘plangan.

«Futbol bo‘yicha Jahon chempionati dunyoni hech narsa qila olmaydigan darajada birlashtiradi. Men final tanaffusidagi shouning bir qismi bo‘lish imkoniyatidan minnatdorman, chunki bu shou allaqachon butun dunyo bo‘ylab bolalar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam berayotganini bilaman», — deya Biberning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Avvalroq, shouda amerikalik xonanda Madonna, kolumbiyalik ijrochi Shakira va Janubiy Koreyaning «BTS» guruhi ham chiqish qilishi e’lon qilingan edi.

Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Turnir 19 iyul kuni Ist-Raterforddagi (Nyu-Jersi shtati, AQSH) «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvi bilan yakunlanadi.

Kiritildi: 09:25, 09.07.2026.
O'qildi: 953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик