Norvegiya terma jamoasi futbolchilari xonalarning tozalanmagani va yaqin atrofdagi qurilish maydonchasidan chiqayotgan shovqinlardan shikoyat qilgach, Jahon chempionatining Angliyaga qarshi chorak final uchrashuvi oldidan kutilmaganda mehmonxonani o‘zgartirdi.
Norvegiya futbol terma jamoasi dushanba kuni tushdan keyin Mayamiga yetib keldi va polisiya kuzatuvida Mayami yaqinidagi Fort-Loderdeylda joylashgan «Dalmar» mehmonxonasiga joylashdi. FIFA xodimlari, mehmonxona ma’muriyati, yigirmaga yaqin polisiyachi va bir nechta mehmonlar u yerda Erling Xoland va uning jamoasini kutib olishdi. Biroq Norvegiya delegasiyasining bu mehmonxonadagi tunashi uzoqqa cho‘zilmadi — atigi bir kun o‘tib, terma jamoa mehmonxonani o‘zgartirishga qaror qildi.
Norvegiyaning TV2.no nashri hafta boshida ushbu mehmonxonaga tashrif buyurib, uning juda gavjum yo‘l yoqasida joylashganini xabar qildi. Mehmonxona yaqinida katta qurilish maydonchasi bor edi, sohilga yetib borish uchun esa deyarli to‘rt kilometr piyoda yurish kerak bo‘lgan. NRK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchilarga ajratilgan bir nechta xonada yoqimsiz tutun hidi kelgan, mog‘or bosgan yoki ular yetarlicha tozalanmagan.













