Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Turkiyaning top-klubi Grinvudga ko‘z tikdi

Turkiyaning top-klubi Grinvudga ko‘z tikdi

Baho:
+ | -

Istanbulning «Fenerbaxche» klubi chorshanba kuni hujumchi Meyson Grinvudning transferi bo‘yicha «Marsel»ga rasmiy taklif yubordi. Bu haqda Fabris Xoukins yozmoqda.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, provansalliklar ingliz futbolchisi uchun istanbulliklardan 50 million yevro talab qilishgan. «Fenerbaxche» esa 40 million yevro to‘lashga va talab qilinayotgan summani qondirish uchun qo‘shimcha bonuslar qo‘shishga tayyor.

Ta’kidlanishicha, Grinvudning o‘zi ham Bosfor sohillariga (Istanbulga) ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Grinvud – «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2024 yilda u doimiy ravishda «Marsel» safiga qo‘shilgandi. Ayni paytda uning Fransiya klubi bilan tuzgan shartnomasi yana uch yilga mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:08, 09.07.2026.
O'qildi: 596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик