Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Desham Marokash bilan o‘yinda argentinalik hakamlar tayinlanganiga munosabat bildirdi

Desham Marokash bilan o‘yinda argentinalik hakamlar tayinlanganiga munosabat bildirdi

Baho:
+-1 | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCH-2026 chorak finali uchun argentinalik hakamlar brigadasi tayinlangani yuzasidan izoh berdi. Fransuzlar ushbu bosqichda Marokash bilan to‘qnash kelishadi.

O‘yinni argentinalik hakam Fakundo Telyo boshqarib boradi, uning yordamchilari ham Argentina vakillari bo‘ladi. Fransiya finalda argentinaliklar bilan o‘ynashi mumkinligi sababli, bu tayinlov muhokamalarga sabab bo‘ldi.

«Biz buni borligicha qabul qilishimiz kerak. Men hakamlarga ishonaman. Bizning raqibimiz hakam emas, balki Marokash», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi The Guardian.

Fransiyalik murabbiy, shuningdek, Argentina va Misr o‘rtasidagi 1/8 final bahsida fransiyalik hakam Fransua Leteksyening ishidan norozi bo‘lgan tanqidchilarga ham javob qaytardi.

«Umid qilamizki, [bizning o‘yinimizdagi] hakamlar ham janob Leteksye qanchalik yaxshi bo‘lsa, shunchalik yaxshi bo‘lib chiqishadi».

Fransiya va Marokash o‘rtasidagi o‘yin 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 10:11, 09.07.2026.
O'qildi: 838 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик