«Barselona» klubining 35 yoshli sobiq himoyachisi Martin Montoyya futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Ispaniyalik futbolchi 2023/24 va 2024/25 yilgi mavsumlarda Gresiyaning «Aris» jamoasida to‘p surgan edi. Shuningdek, u «Betis», «Brayton» va «Valensiya» klublaridagi o‘yinlari orqali ham tanilgan.
«Ushbu o‘yinga bag‘ishlangan shuncha yillardan so‘ng, professional futbol bilan xayrlashish vaqti keldi.
Bu to‘liq o‘ylab qabul qilingan qaror. Men o‘zimda bor hamma narsani berganim, bu sayohatdan zavq olganim va futbol menga to‘pdan ko‘ra ancha kattaroq narsalarni: odamlar, do‘stlar va har bir klubda ortirilgan hayotiy saboqlarni tuhfa etganini his qilgan holda ketmoqdaman.
Bu qaror zamirida shaxsiy va psixologik ehtiyoj, shuningdek, oilani birinchi o‘ringa qo‘yish istagi yotibdi. Va men buni katta intilish bilan amalga oshirmoqdaman, chunki eng yaxshi kunlar hali oldinda ekanligini his qilyapman. Rahmat senga, futbol, hammasi uchun», — deb yozdi Montoyya.













