Dortmundning «Borussiya» klubi prezidenti Xans-Yoaxim Vatske «Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xolandning kelajagi haqida gapirdi.
«Erling Madridning «Real» klubini yaxshi ko‘radi va buni yashirib o‘tirmaydi. Menimcha, qachondir, ikki-uch yildan keyin u o‘sha yerda o‘ynaydi. Ammo hozir emas. Uning vaqti hali keladi», — deya Vatskening so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Qayd etish lozimki, Norvegiya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining 1/4 finaliga yo‘l oldi va u yerda Angliyaga qarshi bahs olib boradi. Xoland turnirdagi 4 ta o‘yinda 7 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.













