Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«Barselona» ham Adeyemi, ham Alvares uchun kurashni davom ettiradi

«Barselona» ham Adeyemi, ham Alvares uchun kurashni davom ettiradi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi Dortmundning «Borussiya» hujumchisi Karim Adeyemini o‘z safiga qo‘shib olishga haqiqatdan ham yaqin turibdi. Biroq, bu transfer klubning «Atletiko» forvardi Xulian Alvaresga bo‘lgan pozisiyasiga ta’sir qilmaydi. Adeyemi transferidan keyin ham «ko‘k-anorranglilar» argentinalik futbolchini sotib olish ustida ishlashda davom etadilar. Bu haqda jurnalist Jerar Romero o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Avvalroq Alvares «Atletiko»ni tark etish istagi borligini ochiq e’lon qilgandi. Biroq Madrid klubi futbolchini o‘z safida saqlab qolishga urinmoqda.

2025/2026 yilgi Germaniya chempionati mavsumida 24 yoshli Adeyemi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, yettita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida to‘qqizta o‘yin, uchta gol va ikkita golli uzatma bor.

Kiritildi: 11:33, 09.07.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик