«Real Madrid» himoyachisi Raul Asensio faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirishi mumkin. Ispaniyalik futbolchining xizmatlariga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi OK Diario internet-portali.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Arsenal» Asensioni Ben Uaytga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. «Real» 23 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan 50 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor. Avvalroq Raulga Italiyaning «Lasio» klubi ham qiziqish bildirgan edi, biroq rimliklar «Real»ning moliyaviy talablarini qondira olishmadi.
Yakunlangan mavsumda Asensio barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.













