«Chelsi» yarim himoyachisi Jessi Derri faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha «Sporting»ga ijara asosida o‘tishga yaqin turibdi. Yaqin vaqt ichida xavbek Portugaliya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Lissabonga yo‘l oladi. Ko‘plab Yevropa klublari Derrini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, u aynan «Sporting»ni tanladi.
Jessi Derri «Chelsi»ga «Kristal Pelas»dan noma’lum summaga o‘tgan edi. Uning «ko‘klar» bilan shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Yarim himoyachi London klubi safida jami uchta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.













