«An-Nasr» hujumchisi Jon Duran ijara asosida «Galatasaroy»ga o‘tmoqda. 22 yoshli kolumbiyalik futbolchining turk klubidagi maoshi yiliga 4 million yevroni tashkil qiladi, maoshning qolgan qismini esa Saudiya Arabistoni tomoni to‘lab beradi. Futbolchi shartnomaning rasman imzolanishini kutmoqda va so‘nggi rasmiyatchiliklar hal etilganidan keyin Istanbulga yetib keladi, deya xabar bermoqda Fanatik nashri.
Yakunlangan mavsumni ham Duran ijarada o‘tkazdi: mavsumning birinchi yarmini «Fenerbaxche»da, ikkinchi qismini esa Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida o‘tkazdi. U «Fenerbaxche» safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi, «Zenit» tarkibida esa uning hisobida 6 ta o‘yin va 1 ta gol mavjud.
Hujumchining «An-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.













