«Fulxem»ning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa London klubi uchun transfer maqsadini belgilab oldi. Ispaniyalik mutaxassis jamoaga «Real» hujumchisi Gonsalo Garsiyani taklif qilmoqchi. Murabbiy u bilan avvalroq Madridda birga ishlashga ulgurgan edi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Avvalroq OAVda «Real» Garsiyani sotishga tayyor ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
2025/2026 yilgi mavsumda Gonsalo Garsiya madridliklarning asosiy jamoasi safinda barcha turnirlarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bungacha hujumchi «Kastilya» jamoasida to‘p surgan va u yerda 2024/2025 yilgi mavsumda 73 ta uchrashuvda 30 ta gol bilan ajralib turgan edi.













