«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Daniel Olmo milliy jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatidagi rekordi haqida fikr bildirdi. Ispaniya turnir tarixida ketma-ket oltita o‘yinda gol o‘tkazib yubormagan ilk jamoaga aylandi.
«Biz hammamiz birgalikda hujum qilamiz va himoyalanamiz. Hujumchi boshlab beradi va barchamiz unga ergashamiz. Bu butun himoya chizig‘i, Unai Simon va butun jamoaning ajoyib mehnati mahsulidir. Bu Unai uchun tarixiy yutuq, ammo u bor e’tiborini faqat shunga qaratgani yo‘q. Biz gollar urmoqdamiz va vaziyatlar yaratmoqdamiz», — dedi Olmo o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida.
Chorak finalda Ispaniya terma jamoasi Belgiya bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da bo‘lib o‘tadi.













