Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«Manchester Yunayted» 18 yoshli portugaliyalikni sotib olmoqchi

«Manchester Yunayted» 18 yoshli portugaliyalikni sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Vulverxempton» hujumkor yarim himoyachisi Mateus Mane «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin.

Taniqli jurnalist Ekrem Konurning ta’kidlashicha, «qizil iblislar» 18 yoshli Mane transferi bo‘yicha dastlabki taklifni tayyorlamoqdalar. Shuningdek, portugaliyalik futbolchini «Liverpul» ham kuzatib bormoqda.

«Vulverxempton» o‘zining eng istiqbolli o‘yinchilaridan birini sotmoqchi emas va Maneni taxminan 41 million yevroga baholamoqda.

Yakunlangan mavsumda Mane barcha turnirlarni hisobga olgan holda 45 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yarim himoyachining «bo‘rilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:55, 09.07.2026.
O'qildi: 546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик