Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Eron klublari xalqaro o‘yinlarini neytral maydonlarda o‘tkazadi

Eron klublari xalqaro o‘yinlarini neytral maydonlarda o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Eron futbol klublari siyosiy va xavfsizlik sababli joriy mavsumdagi xalqaro uchrashuvlarini o‘z maydonlarida o‘tkaza olmaydigan bo‘ldi. Bu yil Eron sharafini xalqaro maydonda 4 ta klub himoya qilmoqda: ulardan 3 tasi OCHL Elit, 1 tasi esa OCHL-2 musobaqasida ishtirok etadi.

Hozirda Eron tomoni va potensial mezbon davlatlar o‘rtasida uy uchrashuvlarini boshqa mamlakat maydonlarida tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Xususan, Tehronning mashhur «Istiqlol» klubi o‘z uy o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Boshqa klublarning rejalari esa quyidagicha ko‘rinish olgan:

«Traktor» jamoasi — Qatarda;
«Golgohar» klubi — Ummonda;
«Chadormalu» jamoasi esa — Tojikistonda mezbonlik qilish variantlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Hozircha yakuniy kelishuvlar va uchrashuvlar o‘tkaziladigan aniq stadionlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmagan, jarayon davom etmoqda.

Kiritildi: 16:12, 09.07.2026.
O'qildi: 293 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик