Madridning «Real» klubi chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerasni bo‘lajak 2026/2027 yilgi mavsum uchun tarkibda saqlab qolmoqchi, deb xabar bermoqda Fabrisio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Ispaniyalik futbolchi ushbu pozisiyadagi asosiy o‘yinchi — Mark Kukurelyaning o‘rinbosari sifatida ko‘rilmoqda. «Qirollik klubi» rahbariyati Karrerasning transferi bo‘yicha «Manchester Yunayted» va «Chelsi» tomonidan bo‘lgan so‘rovlarga allaqachon rad javobini bergan.
Yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda u barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.













