"Manchester Yunayted" e’tiborini "Roma" yarim himoyachisi Manu Konega qaratish uchun Ederson bilan shartnoma imzolashdan voz kechishga qaror qildi.
Ingliz klubi 27 yoshli Edersonni "Atlanta"dan 35 million funt sterlingga sotib olishga tayyor ko‘rindi, ammo kelishuv amalga oshmadi.
Sky Italia xabariga ko‘ra, transferda hech qanday uzilish bo‘lmagan. Manbaning ta’kidlashicha, Edersonning jismoniy holati bilan bog‘liq muammolar yo‘q edi. Shunchaki, "Manchester Yunayted" "Roma" futbolchisi Kone variantiga o‘tgan.
Transfermarkt Koneni 50 million yevroga baholamoqda.













