Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

"Galatasaroy" A Seriya klubi taklifini rad etdi

"Galatasaroy" A Seriya klubi taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

Sesk Fabregas boshchiligidagi "Komo" jamoasi "Galatasaroy"ning birinchi taklifini rad etganidan keyin Davinson Sanchesni sotib olishdan voz kechmadi.

30 yoshli Sanches 2023 yilda "Tottenxem"dan "Galatasaroy"ga o‘tganidan beri o‘zini Turkiya ligasidagi eng yaxshi himoyachilardan biri sifatida ko‘rsatdi. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, "Komo" kolumbiyalik futbolchini sotib olishga qiziqmoqda, ammo ularning bonuslarni ham qo‘shib hisoblaganda 20 million yevrolik taklifi rad etilgan.

Istanbul klubi Sanches uchun 25 million yevrodan 30 million yevrogacha pul talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Himoyachining "Galatasaroy" bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.

Kiritildi: 10:39, 11.07.2026.
O'qildi: 604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик