Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Jahon chempionati — 2026 da uning jamoasi hakamlarning xayrixohligidan foydalanayotgani haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi.
«Biz bilan sodir bo‘layotgan voqealarning sababi shundaki, juda ko‘pchilik bizning g‘alaba qozonishimizni istamayapti, chunki biz avvalgi Qatardagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqanmiz. Biz buni hisobga olyapmiz, bu futbolchilarga ham yetib bormoqda va biz bundan o‘ziga xos isyon sifatida foydalanyapmiz. Bu ularni yanada "uyg‘otib", yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishlariga xizmat qilyapti.
VAR va shuncha texnologiyalar bor joyda senga kimdir yordam berishi juda qiyin. VAR tizimida ikki xil talqin yo‘q. Hamma narsa mutlaqo aniq ko‘rinadi. Lisandro Martinesning oyog‘ini bosib olishdi... Kuchlimi yoki kuchsiz — bu fol. Bu yerda boshqacha talqin bo‘lishi mumkin emas. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar hamma narsani bo‘rttirib yuboryapti va bahslar boshlanib ketyapti. Ammo hech qanday yon bosish yo‘q, aksincha», — Skalonining so‘zlarini A Bola nashri keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 ning 1/8 finalida Argentinaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng (2:3), Misr futbol federasiyasi uchrashuvni boshqargan fransiyalik hakamlar ustidan FIFAga shikoyat yo‘llagan va ularni ishdan chetlatishni talab qilgan edi.













