«Tvente» klubi texnik direktori Erik ten Xag yaqin ikki yil ichida Niderlandiya terma jamoasini boshqarish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
Ronald Kuman iste’foga chiqqanidan so‘ng milliy terma jamoa bosh murabbiyligi lavozimi bo‘sh bo‘lib turibdi. Biroq ten Xag o‘zining tayinlanishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarni inkor etdi.
«Ayni damda, yaqin ikki yil ichida meni taklif qila olishmaydi. Men shunday qarorga keldim va bu anglab qilingan tanlovdir. Hamma narsani atroflicha o‘ylab ko‘rdim. Men bu yerga "Tvente"ning yanada oldinga harakat qilishiga yordam berish uchun kelganman va bor e’tiborimni shu ishga qaratganman», — dedi ten Xag RTV Oost telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Kuman Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionatining 1/16 finalida musobaqani tark etganidan so‘ng o‘z lavozimini tark etgan edi.













