Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Argentina futbol assosiasiyasi xakerlar hujumi ustidan shikoyat qildi

Argentina futbol assosiasiyasi xakerlar hujumi ustidan shikoyat qildi

Baho:
+ | -

Argentina futbol assosiasiyasi JCH-2026 1/8 finali doirasidagi Misrga qarshi o‘yindagi hakamlik tanqid qilingan xatlar jurnalistlarga jo‘natilganidan so‘ng, o‘zining rasmiy akkauntlaridan biri buzib kirilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.

Tarqatilgan xabarlarda «Argentina g‘alaba qozonmagani», uchrashuv natijasiga esa «hakamlarning korrupsiyalashgan qarorlari» ta’sir ko‘rsatgani ta’kidlangan. Shuningdek, maktublarda Misr terma jamoasining kuchli o‘yini e’tirof etilgan.

«Bizning rasmiy akkauntlarimizdan biri orqali bizning jamoamiz tomonidan yozilmagan va tasdiqlanmagan xatlar jo‘natilgan bo‘lishi mumkinligini aniqladik. Hozirda tekshiruv o‘tkazmoqdamiz va zarur xavfsizlik choralarini ko‘ryapmiz», — deyiladi federasiya bayonotida.

Argentina – Misr uchrashuvi amaldagi jahon chempionlarining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi, biroq misrliklarning bekor qilingan goli hamda Enso Fernandes gol urishidan oldin sodir bo‘lgan qoidabuzarlik vaziyati tufayli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Misr tomoni allaqachon FIFAga shikoyat yo‘llab, bosh hakam Fransua Leteksyeni turnirdagi keyingi o‘yinlardan chetlatishni talab qilgan.

Kiritildi: 17:13, 11.07.2026.
O'qildi: 825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик