«Sporting» «Chelsi» hujumchisi Jessi Derrining jamoaga o‘tganini e’lon qildi.
19 yoshli ingliz futbolchisi 2026/27 yilgi mavsumni Lissabon klubida ijara asosida o‘tkazadi.
Derri «Chelsi» asosiy jamoasi safida uchta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlari bilan ajralib turmagan. U «ko‘klar»ning yoshlar jamoasi safida esa 21 ta o‘yinda 7 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













