Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Jahon chempionati-2026 chorak finalida Norvegiya ustidan qozonilgan g‘alaba (qo‘shimcha bo‘limlarda 2:1) haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bizga maqsadga erishishda xarakter va matonat yordam berdi. Hatto biror narsa o‘xshamagan paytlarda ham bor kuchimizni ishga soldik. Jamoa bilan faxrlanaman. Bu barchamizning g‘alabamiz. Butun mamlakat, bizni qo‘llab-quvvatlayotganlar g‘alaba qozondi», — deya 23 yoshli futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Xalqaro futbol federasiyasi sayti.













