Argentina va Shveysariya 2026 yilgi Jahon chempionati chorak finalida to‘qnash kelishdi. "Albiseleste" qo‘shimcha vaqtda ustunlik qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Yevropaliklar o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bu Argentinaning Jahon chempionatlaridagi qo‘shimcha vaqtda o‘tkazgan 13-o‘yini bo‘ldi. Jamoa 11 ta shunday o‘yinda g‘alaba qozongan: beshta qo‘shimcha vaqtda va oltita penaltilar seriyasida. Argentina atigi ikkitasida mag‘lub bo‘lgan, ikkalasi ham Germaniyaga qarshi.
Lionel Skalonining shogirdlari nufuzli turnirning yarim finaliga yo‘l olishdi. Ular final yo‘llanmasi uchun Angliya bilan to‘qnash kelishadi. O‘yin 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













