Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni bo‘lajak Jahon chempionati yarim finali haqida gapirdi. Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lub etgan "Albiseleste" endi Angliya bilan to‘qnash keladi.
"Biz uchun Angliya yoki Norvegiya bilan o‘ynashimiz muhim emas edi. Biz juda yaxshi o‘ynaydigan va ajoyib murabbiyga ega jamoaga qarshi o‘ynayapmiz. Endi biz jismoniy holatimizni tiklashimiz kerak - bu biz uchun hozir eng muhim narsa", - dedi Skaloni.
Angliya va Argentina 15 iyul, chorshanba kuni Jahon chempionati finaliga chiqish uchun o‘ynaydi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.













