«Nyukasl»ning hujumkor yarim himoyachisi Jeykob Myorfi yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Talksport jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transferiga Premyer-liganing boshqa bir vakili — «Everton» klubi qiziqish bildirmoqda. «Qarg‘alar» esa, o‘z navbatida, Myorfini tekinga boy bermaslik uchun uni sotib yuborish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. Sababi, uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.
Yakunlangan mavsumda Jeykob «Nyukasl» safida jami 46 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi ushbu bahslarda 4 ta gol urishga va 5 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.













