Yarim himoyachi Jek Grilish shu yozda «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin.
Football Insider nashrining xabariga ko‘ra, «Everton» shu yozda xavbekning to‘liq transferi uchun 5 milliondan 10 million funt sterlinggacha to‘lashga tayyor. Shu bilan birga, «irislar» «shaharliklar» o‘z futbolchisi uchun so‘rayotgan 50 million funt sterlingni mutlaqo to‘lamoqchi emaslar. «Everton» Grilishning o‘tgan mavsumdagi ijara vaqtida ko‘rsatgan o‘yinlaridan mamnun.
Jek Grilish 2021 yilda «Aston Villa»dan 117 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi ijara asosida «Everton» safida to‘p surdi. U «irislar» tarkibida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Grilishning transfer bahosini 20 million yevroga baholamoqda.













