Argentina terma jamoasi hujumchisi va kapitani Lionel Messi JCH-2026 chorak finalidan o‘rin olgan Shveysariyaga qarshi bahsda gol ura olmadi va mundiallardagi qatorasiga 9 ta o‘yindan beri davom etib kelayotgan golli seriyasiga nuqta qo‘ydi.
Messining Jahon chempionatlaridagi qatorasiga 9 ta o‘yinda gol urishi musobaqa tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi. Bu seriya JCH-2022 1/8 finali doirasidagi Avstraliyaga qarshi uchrashuvda boshlangan edi.
Shunday bo‘lsa-da, Shveysariyaga qarshi bahsda 39 yoshli forvard golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, u Jahon chempionatlaridagi mahsuldorlik (gol+pas) seriyasini 10 ta o‘yinga yetkazib oldi.
JCH-2026 yarim finalida Argentina terma jamoasi Angliya bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 15 iyul kuni Atlantadagi (AQSH) «Mersedes-Bens Stedium» maydonida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.













