Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Shirer Angliya terma jamoasining qaysi jihatidan xafsalasi pir bo‘lganini aytdi

Shirer Angliya terma jamoasining qaysi jihatidan xafsalasi pir bo‘lganini aytdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer jamoaning Norvegiyaga qarshi kechgan chorak final o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan edi. Tomas Tuxel jamoasi qo‘shimcha vaqtlarda g‘alabani ilib ketib (2:1), yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘yinda Jud Bellingem dubl qayd etdi.

«Nimadan boshlasam ekan? Yana birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborganimizdan qattiq xafsalasi pir bo‘ldi. Ammo bu Angliya terma jamoasi juda mustahkam irodaga ega. Ikkinchi bo‘limda jamoa qiynalganida, bosim ostida qolganida va muammolarga duch kelganida, ular baribir vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini topishdi. Shu yigit, aynan Bellingem yana bir bor yordamga kelgani meni ajablantirmadi», — dedi Shirer.

Yarim finalda Angliya Argentina bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 15 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:54, 12.07.2026.
O'qildi: 716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик