Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua 2026 yilgi jahon chempionatidan chetda qolganidan so‘ng, terma jamoa posboni Senne Lammensni qo‘llab-quvvatladi.
«O‘yindan so‘ng Senneni mahkam quchoqladim. Bundan ortiq hech narsa qila olmayman. U yaxshi darvozabon, bu tajriba uni yanada chiniqtiradi, shuning uchun hammasi joyida. Hozir unga biron bir nasihat yoki maslahatning keragi yo‘q. U bosiq, xarakterli inson va ishonamanki, unda hammasi yaxshi bo‘ladi», — deya Kurtuaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.
Avvalroq Belgiya joriy jahon chempionatining 1/4 finalida Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Kurtua 1:1 hisobida jarohati tufayli 71-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi. Turnirdagi debyutini o‘tkazgan Lammens asosiy vaqt yakunida, 88-daqiqada himoyachi Pau Kubarsining uzoq masofadan yo‘llagan zarbasini qaytara turib, to‘pni o‘z oldiga qo‘yib yubordi va ispaniyalik yarim himoyachi Mikel Merino to‘pni darvozaga kiritdi.













