«Brentford» va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jordan Xenderson o‘z jarohati bilan bog‘liq savollarga javob qaytardi. Jordan JCH-2026 1/8 finalida Meksika ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:2) so‘ng, reklama banneridan oshib o‘tish chog‘ida bilagini shikastlab olgan edi.
Tiklanish jarayoni haqida: «Hammasi joyida, rahmat. Bu faoliyatimdagi eng yaxshi damlar emasdi, ammo [jamoaning] asosiy vazifasi maydonga chiqish, g‘alaba qozonish va chorak finalga yo‘l olish edi. Biz buni uddaladik va eng muhimi shu. So‘nggi bir necha kun biroz og‘ir o‘tdi, ammo lagerga qaytib, yigitlarni ko‘rganimdan so‘ng ancha yaxshi bo‘ldim. Bizda ajoyib tibbiyot jamoasi bor va men bundan juda minnatdorman. Kanzasdagi shifokorlar va jarrohlar ham juda yaxshi ishlashdi, ularga ham katta rahmat. Jamoaning bir qismi bo‘lib turganimdan xursandman».
U jahon chempionatida maydonga tusha oladimi? «Muammolarni ular paydo bo‘lganida hal qilamiz», — dedi Xenderson.
Angliya JCH-2026 yarim finalida 15 iyul kuni Argentinaga qarshi o‘ynaydi, o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.













