Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Arsenal» vingeri Turkiyaga yo‘l olmoqda

«Arsenal» vingeri Turkiyaga yo‘l olmoqda

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi qanot hujumchisi Leandro Trossar «Beshiktosh»ga o‘tishi mumkin.

Insayder Fabrisio Romano xabar berishicha, Turkiya klubi yaqin kunlarda 31 yoshli futbolchi bo‘yicha kelishuvni yopishiga ishonmoqda. Belgiyalik futbolchining xaridi «Beshiktosh» uchun 20 million yevroga tushadi.

Jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘lining ma’lumotlariga ko‘ra, «Beshiktosh» Trossarga uzaytirish imkoniyati bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan. Futbolchi hozircha yakuniy roziligini bergani yo‘q — barchasi uning qaroriga bog‘liq bo‘lib turibdi.

O‘tgan mavsumda Trossar barcha musobaqalarda 50 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:34, 12.07.2026.
O'qildi: 1374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик