37 yoshli darvozabon Yann Zommer o‘ziga yangi klub topdi. Yaqin vaqt ichida shveysariyalik posbon erkin agent sifatida Belgiyaning «Bryugge» klubi bilan qisqa muddatli mehnat shartnomasini imzolaydi. Bu haqda mashhur insayder Fabrisio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar bermoqda.
Yaqinda Zommer 2023 yildan buyon to‘p surib kelgan Milanning «Inter» klubini tark etgandi. O‘tgan mavsumda darvozabon barcha turnirlarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol o‘tkazib yubordi. Zommer 15 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Posbonning ishonchli o‘yini «neradzurrilar»ga A Seriya oltin medallarini qo‘lga kiritishga yordam berdi.
Belgiya chempionatining yakunlangan mavsumida «Bryugge» birinchi o‘rinni egallagan edi.













