«Milan» va Fransiya terma jamoasining markaziy yarim himoyachisi Adriyen Rabio yozgi transfer oynasida klubni o‘zgartirishi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, yarim himoyachiga «Napoli» qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, neapolitanliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «rossonerilar» safida birga ishlagan Rabioni o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi.
Rabioning o‘zi «Milan»dan ketishni rejalashtirmagandi, biroq «Napoli»ning kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishi futbolchining qaroriga ta’sir qilishi mumkin. Ma’lumki, milanliklar faqat Yevropa ligasiga yo‘llanma olgan.
Rabyo va «Milan» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt 31 yoshli yarim himoyachini 18 million yevroga baholamoqda.













