"Gremio" bosh murabbiyi Luish Kashtru Kabo-Verde milliy terma jamoasi vingeri Jovani Kabral bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi.
Jamoa ustozi yangi futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholab, transfer haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Biz hujum chizig‘imizni kuchaytirishga qodir bo‘lgan futbolchini qo‘lga kiritdik. U yuqori saviyada o‘ynash tajribasiga ega va qanotda qanday harakat qilishni yaxshi biladi. Uni taktik sxemalarimizga tez fursatda moslashtirib olishga umid qilamiz", — deya Kashtruning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Globo nashri.
28 yoshli sportchi Braziliya klubiga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi. U bilan 1,5 yillik shartnoma imzolangan.
Ma’lumot uchun, Jovani Kabral bo‘lib o‘tgan JCH-2026 doirasida Kabo-Verde terma jamoasi safida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi: Ispaniya (0:0) va Argentinaga (qo‘shimcha vaqtlarda 2:3) qarshi bahslarda ishtirok etdi. Futbolchi so‘nggi ikki mavsumni Portugaliyaning "Eshtrela" klubida o‘tkazgan edi. Shuningdek, u faoliyati davomida "Olimpiakos", "Salernitana", "Sporting" va "Lasio" kabi klublarda ham to‘p surgan.













