Slaven Bilich Xorvatiya terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. 57 yoshli mutaxassisning milliy jamoaga qaytgani haqida Xorvatiya futbol ittifoqi rasman e’lon qildi.
Bilich uchun bu milliy terma jamoa boshqaruvidagi ikkinchi tajriba bo‘ladi. 2006 yildan 2012 yilgacha bo‘lgan davrda u xorvatlarni ikkita yirik xalqaro turnirga olib chiqib, Yevro-2008 da chorak finalgacha yetib borgan edi.
Xorvatiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassisning yillik maoshi soliqlar chegirib tashlangunga qadar taxminan bir million yevroni tashkil qiladi.
Terma jamoadan ketganidan so‘ng Bilich Moskvaning «Lokomotiv», Turkiyaning «Beshiktosh», Angliyaning «Vest Xem» va «Vest Bromvich», shuningdek, Xitoy va Saudiya Arabistoni klublarida ishlagan. Uning so‘nggi ish joyi ikki yil avval tark etgan Saudiyaning «Al-Fath» klubi bo‘lgan.
Futbolchilik faoliyati davomida Bilich Xorvatiya terma jamoasi safida 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1998 yilgi Fransiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori bo‘lgan.













