Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Iraola Elliottga imkoniyat taqdim etishga tayyor

Iraola Elliottga imkoniyat taqdim etishga tayyor

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola yarim himoyachi Xarvi Elliott mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida o‘z mahoratini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishini ma’lum qildi. 23 yoshli futbolchi «Aston Villa»dagi ijara muddati tugagach, mersisaydliklar ixtiyoriga qaytdi.

«Xarvi hozir biz bilan, men uning o‘zini ko‘rsatishga va imkon qadar yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishga bo‘lgan ishtiyoqini ko‘rib turibman. Uning mavsumoldi yig‘inida imkoniyati bo‘ladi, u bizga kerak bo‘ladi», — deya Iraolaning so‘zlarini keltiradi The Independent.

«Umid qilamanki, uni yaxshi holatda ko‘ramiz. Menimcha, o‘tgan mavsum Xarvi uchun og‘ir va g‘alati kechdi. Unga oson bo‘lmadi, ammo bu salbiy tajriba uning «Liverpul»da muvaffaqiyatga erishish istagini yanada kuchaytiradi, deb umid qilaman», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Elliott o‘tgan mavsumda atigi 11 ta o‘yinda maydonga tushdi (284 daqiqa ichida 1 ta gol). U «Aston Villa» tomonidan shartnomadagi xarid qilish bandini faollashtirishni istamasliklari sababli jamoa tarkibiga kiritilmay qo‘ygan edi.

Kiritildi: 17:13, 13.07.2026.
O'qildi: 596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик