39 yoshli Lionel Messi JCH-2026 da eng ko‘p yaqqol golli vaziyatlarni yaratgan o‘yinchilar reytingida peshqadamlik qilmoqda.
Squawka xabariga ko‘ra, «Inter Mayami» vakili joriy mundial davomida Argentina terma jamoasi safidagi sheriklarini yetti marta xavfli zarba berish pozisiyasiga olib chiqqan — bu turnirdagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Ikkinchi o‘rinda Fransiya terma jamoasidan Maykl Olise bormoqda — uning hisobida beshta yaratilgan «katta» imkoniyat mavjud. Uchinchi o‘rinni esa Yan Diomande (Kot-d'Ivuar), Yozua Kimmix (Germaniya), Nunu Mendesh (Portugaliya), Roberto Alvarado (Meksika) va Usman Dembele (Fransiya) o‘zaro bo‘lishib turishibdi — ularning har biri to‘rttadan vaziyat yaratgan.
14 iyul kuni Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasida birinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi, ikkinchi finalchi esa bir kun o‘tib, Argentina va Angliya o‘rtasidagi bahsda aniqlanadi.













