Bundan roppa-rosa 12 yil muqaddam, 2014 yil 13 iyul kuni futbol bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Braziliyaning «Marakana» stadionida o‘shanda Germaniya va Argentina terma jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishgan.
Mundial-2014 finalining asosiy vaqtida tomoshabinlar gol ko‘rishmadi. Uchrashuv taqdiri 113-daqiqada hal bo‘ldi – Mario Gyotse o‘yin yagona goli muallifiga aylangan edi.
Lionel Messi o‘sha bahsda maydonda to‘liq 120 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa-da, o‘z jamoasiga yordam bera olmagandi.
Qizig‘i shundaki, Germaniya terma jamoasi o‘sha muvaffaqiyatdan keyingi ikkita jahon chempionatida hatto guruhdan ham chiqa olmadi. Joriy mundialda esa «Bundestim» 1/16 finalda Paragvayga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.













