"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso vinger Alexandro Garnachoning kelajagi borasida fikr bildirdi. Avvalroq matbuotda Garnacho Alonsoning rejalariga kirmasligi va shu yozda sotib yuborilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
"Garnacho ketadimi? Ha. Unga boshqa klublar tomonidan qiziqish bor. Barchasi hamma uchun eng yaxshi tarzda yakunlanishiga umid qilaman", - deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Alexandro Garnacho 22 yoshda. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari argentinalik futbolchini 28 million yevroga baholashmoqda. Garnacho "Chelsi" safiga o‘tgan yoz oxirida kelib qo‘shilgandi, ammo bir mavsum davomida o‘z salohiyatini to‘liq ochib bera olmadi.













