Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Iraola "Liverpul"dagi asosiy vazifasi haqida gapirdi

Iraola "Liverpul"dagi asosiy vazifasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola tayinlanganidan keyin ilk bor matbuot bilan muloqot qildi.

Ispaniyalik mutaxassis mersisaydliklar boshqaruvini Arne Slot iste’foga chiqarilganidan so‘ng o‘z qo‘liga oldi. Slot qo‘l ostida jamoa Angliya Premyer-ligasida chempionlik unvonini himoya qila olmagandi.

"Men muxlislarga ular faxrlana oladigan jamoa taqdim etmoqchiman", - deya Iraolaning so‘zlarini keltiradi "Daily Mail".

"Men bu ulkan klub ekanligini tushunaman. Aytgan yoki qilgan har bir ishim qattiq nazorat ostida bo‘ladi. Xatolarga tayyor turish kerak, ammo men juda ehtiyotkor bo‘lishni istamayman. Men o‘zligimcha qolishni va ishimni me’yorida bajarishni xohlayman", - deya qo‘shimcha qildi u.

Kelasi hafta "Liverpul" AQSH bo‘ylab turnega yo‘l oladi va u yerda "Sanderlend", "Lids" va "Reksem" klublariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Kiritildi: 22:21, 13.07.2026.
O'qildi: 465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик