Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Xavi Simons: «De Dzerbi «Tottenxem»ga ishonch bag‘ishladi»

Xavi Simons: «De Dzerbi «Tottenxem»ga ishonch bag‘ishladi»

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi yarim himoyachisi Xavi Simons jamoa bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Murabbiy qanday futbol o‘ynamoqchi ekanini allaqachon tushunib yetdim. Rostini aytsam, u mentalitetimizni darhol o‘zgartirdi, bizga energiya va yangi impuls berdi. U o‘zim o‘ynaydigan pozisiyada to‘p surgan, shuning uchun meni yaxshi tushunadi. U menga erkinlik va ishonch berdi, futbolchiga aynan shu narsa kerak. Agar murabbiydan ishonch yoki qo‘llab-quvvatlashni his qilmasangiz, o‘ynash qiyin. De Dzerbi esa birinchi kundan boshlab bularning barchasini jamoaga va ayniqsa menga berdi», — deya Simonsning so‘zlarini keltiradi jurnalist Mett Barlou.

Roberto De Dzerbi joriy yilning mart oyi oxirida «Tottenxem»ni boshqardi va murakkab turnir vaziyatiga qaramay, jamoaning Angliya Premyer-ligasidagi o‘rnini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 13:02, 14.07.2026.
O'qildi: 319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик