«Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister mersisaydliklarning Meksikaning «Tixuana» klubi yarim himoyachisi Xilberto Moraga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
17 yoshli futbolchi Meksikadagi eng iqtidorli o‘yinchilardan biri hisoblanadi va o‘z uyida o‘tgan Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yinidan so‘ng yetakchi Yevropa klublari e’tiborini tortdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «Liverpul» allaqachon futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha aloqa o‘rnatgan va uning narxi taxminan 40 million yevroni tashkil etishi mumkin.
«Rostini aytsam, bu borada hech narsa ko‘rmadim. Ammo agar uni «Liverpul» bilan bog‘lashayotgan bo‘lsa, demak, u chindan ham juda yaxshi futbolchi va buning o‘z sabablari bor», — deya Mak Allisterning so‘zlarini keltiradi This Is Anfield.
Avvalroq Moraga «Arsenal», Madridning «Real», «Barselona», «Manchester Siti» va «Chelsi» klublari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.













