Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Rasman: «Brayton» «Tottenxem»dan Vushkovich transferini e’lon qildi

Rasman: «Brayton» «Tottenxem»dan Vushkovich transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Brayton» avval «Tottenxem»ga tegishli bo‘lgan markaziy himoyachi Luka Vushkovichni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman ma’lum qildi. Xorvatiya terma jamoasining 19 yoshli futbolchisi besh yillik shartnoma imzoladi, u yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan tuzilgan.

«Chaykalar» bosh murabbiyi Fabian Xyurseler klub futbolchining o‘sishini uzoq vaqtdan beri kuzatib borganini va unga APL talablariga moslashishga yordam berishni rejalashtirayotganini ta’kidladi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Vushkovich allaqachon yuqori saviyada o‘ynay olishini isbotlagan, ammo u yangi jamoaga to‘liq moslashishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Vushkovich Splitning «Xayduk» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Xorvatiya chempionatida 16 yoshida debyut qilgan, shundan so‘ng ijara asosida Polshaning «Radomyak» va Belgiyaning «Vesterlo» jamoalarida to‘p surgan. O‘tgan mavsumni himoyachi «Gamburg»da o‘tkazdi va Bundesliganing eng asosiy kashfiyotlaridan biriga aylanib, mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi mukofotini qo‘lga kiritdi hamda chempionatning ramziy terma jamoasiga kirdi.

2026 yilning yozida himoyachi Jahon chempionatida ishtirok etib, guruh bosqichida Angliyaga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 15:08, 14.07.2026.
O'qildi: 664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик