Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya 0-2 Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Aston Villa» Emiliano Martines borasidagi qarorini e’lon qildi

«Aston Villa» Emiliano Martines borasidagi qarorini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Aston Villa» sport direktori Demian Vidagani argentinalik darvozabon Emiliano Martinesning jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Martines biz bilan qoladi. Biz uni sotishni rejalashtirmayapmiz. Uning «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar klubimizning pozisiyasini aks ettirmaydi. U biz uchun juda muhim o‘yinchi», — dedi funksioner 365Scores nashriga.

33 yoshli Martines 2020 yildan buyon «Aston Villa» safida to‘p suradi. O‘tgan mavsumda darvozabon barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 49 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik posbon ikki bor nufuzli France Football jurnali tomonidan yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan.

Kiritildi: 17:18, 14.07.2026.
O'qildi: 736 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик