Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya 0-2 Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Matteus: «Desham qo‘l ostida Mbappe Fransiya terma jamoasining haqiqiy yetakchisiga aylandi»

Matteus: «Desham qo‘l ostida Mbappe Fransiya terma jamoasining haqiqiy yetakchisiga aylandi»

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi sobiq sardori Lotar Matteus Fransiya bosh murabbiyi Didye Desham Kilian Mbappeni jamoaning haqiqiy yetakchisi sifatida shakllanishiga katta hissa qo‘shganini ta’kidladi.

«Fransiya terma jamoasi superyulduzi Kilian Mbappe misolida murabbiy bir futbolchidan nimalarni yasay olishini ko‘rish mumkin. Desham qo‘l ostida Mbappe haqiqiy yetakchiga aylandi. U jamoani ortidan ergashtiradi, maydonda ham, maydon tashqarisida ham unga boshchilik qiladi. Shuningdek, u himoyada ham yordam beradi va ajoyib intervyular beradi», — dedi Matteus Sky Sport nashridagi o‘z ruknida.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi «Real»ga o‘tganidan so‘ng to‘g‘ri xulosalar chiqargan.

«Mbappe kattaroq va mulohazaliroq bo‘lib qoldi. Balki u Madridda Parijdagidek «primadonna» bo‘lib yura olmasligini anglab yetgandir».

Matteus, shuningdek, Deshamning Fransiya hujum chizig‘idagi ishini, xususan, Mbappe, Usmon Dembele va Maykl Oliseni birlashtira olganini alohida qayd etdi.

«Mbappe, Dembele va Olise — bu mahorat masalasi emas, balki kommunikasiya masalasi. Desham hammasini nazorat ostida ushlab turibdi va futbolchilarga o‘z rollarini to‘g‘ri tushuntirmoqda».

Fransiya jahon chempionati yarim finalida Ispaniya bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 18:37, 14.07.2026.
O'qildi: 441 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик