«Fiorentina» «Real» bilan himoyachi Viktor Valdepenyasning transferi borasida og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Transfer summasi 8 million yevroni tashkil qiladi. Futbolchi bilan tuziladigan shartnoma 2031 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. Ispaniya klubi o‘yinchining kelajakdagi sotuvidan 50% ulushni o‘zida saqlab qoladi. Ayni damda klublar bitimni rasmiylashtirish uchun kerakli hujjatlarni almashishni boshlab yuborishgan.
O‘tgan mavsumda 19 yoshli futbolchi «Real»ning asosiy jamoasi safida 1 ta o‘yin o‘tkazgan. Ispaniyalik yosh himoyachi o‘smirlar va yoshlar turnirlarida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 8 ta sariq kartochka olgan.













