Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jon Terri Jud Bellingemning o‘yinidan hayratda.
«Men bu jahon chempionati boshlanishidan oldin ham aytgandim: u menga Zidanni eslatyapti. Hozir u chin ma’noda jamoani o‘z ortidan ergashtirmoqda.
Men uni jahon darajasidagi futbolchi deb bilaman. Bundan tashqari, maydon tashqarisida uning gaplarini tinglasangiz, qanchalik xotirjam va o‘ziga ishongan inson ekanini ko‘rasiz», — dedi Terri FIFA podkastida.













