FIFA prezidenti Janni Infantino Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) Etika komissiyasiga berilgan shikoyat ob’ektiga aylandi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Britaniyaning inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi FairSquare tashkiloti XOQdan Infantinoning siyosiy betaraflik tamoyilini buzgan-buzmaganini tekshirishni talab qilgan.
Shikoyat JCH–2026 davomida FIFA rahbarining AQSH prezidenti Donald Tramp bilan munosabatlari bilan bog‘liq. Xususan, AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikasiyasi Trampning Infantinodan jazoni qayta ko‘rib chiqishni so‘raganini ochiq aytganidan so‘ng bekor qilingani tilga olingan.
Shuningdek, FairSquare fikricha, shikoyatda keltirilgan boshqa holatlar ham FIFA prezidenti faoliyatiga siyosiy ta’sir bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi.
FIFA esa avvalroq intizomiy qarorlarga har qanday siyosiy aralashuv bo‘lganini rad etgan edi.
Rasmiy shikoyat qabul qilingan taqdirda, XOQ Etika komissiyasi ish yuritishni boshlash uchun yetarli asoslar mavjud yoki yo‘qligini aniqlaydi.













